Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi 📆 Joriy yilning 9-aprel kuni Markaziy depozitariyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilanhamkorlikda yosh mutaxassislar va stipendiyantlar uchun amaliy seminar tashkil etildi. 🗣Mashg‘ulot davomida mutaxassislarimiz ishtirokchilarga quyidagi asosiy yo‘nalishlarni batafsil yoritib berdilar: ⏺ Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish, saqlash va mulk huquqlarini qayd etish; ⏺ e-Voting — aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini masofaviy o‘tkazish onlayn platformasining ishlash mexanizmi; ⏺ Post-treyding operatsiyalari: bitimlardan keyingi hisob-kitoblar va depo hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar. 🔔 Markaziy depozitariy Markaziy bank bilan hamkorlikda kelgusida ham kadrlarni tayyorlashning bunday formatdagi tadbirlarini davom ettiradi. 📱Batafsil — videoreportajimizda. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin