Kontni pòs la
✍✍✍✍✍✍✍ 🏛 Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. ✅ Shu munosabat bilan ijro ishi doirasida harakatlarni amalga oshirish uchun qarzdorlarning mol-mulki, jumladan, qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) markazi orqali olish imkoniyati yaratilgan. 🗣 Shuningdek, tugatish boshqaruvchilari tomonidan o‘z ish yurituvidagi yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga doir ma’lumotlarini “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning pc.uzcsd.uzrasmiy veb-sayti orqali shaxsiy kabinetdan foydalangan holda elektron raqamli imzo (ERI) yordamida elektron tarzda olish amalga oshiriladi. 📱Qo‘shimcha ma‘lumot uchun: +998 71 211 0909 (ichki raqamlar: 164, 168, 169,172) RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin