Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (10.04.2026 – 17.04.2026) 💻Aksiyalar bozorida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni barqaror saqlanib, 698 tani tashkil etmoqda. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,04 trillion so‘mga yetdi. 🗂 Xususan: 📈“O‘zbektelekom” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada jamiyatning qimmatli qog‘ozlar hajmi 326,17 mlrd so‘mdan 978,51 mlrd so‘mga yetdi (3 barobar o‘sish). 📉“NBU Invest Group” AJ aksiyalari hajmida esa kamayish kuzatildi. Jamiyatning jami aksiyalari qiymati 1 710,25 mlrd so‘mdan 1 356,64 mlrd so‘mga tushdi. 🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qoldi. Emitentlar soni 35 tani, hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,13 trillion so‘mni tashkil etmoqda. 📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin