Kontni pòs la
✍✍✍✍✍ ❔Aksiyalaringizdan tushgan dividendlarni qanday olishni bilasizmi? 💻 Dividendlar mavsumi boshlanishi bilan ko‘plab aksiyadorlarda to‘lovlarni qanday va qayerdan olish haqida savollar tug‘iladi. Siz UzCSD mobil ilovasi orqali hisoblangan mablag‘larni ortiqcha hujjatlarsiz va ovoragarchiliksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin. 🗂Buning uchun 4 ta oddiy qadam kifoya: 1⃣Identifikatsiya: Ilovani yuklab oling va OneID tizimi orqali kiring. Bu sizning barcha aktivlaringizni avtomatik tarzda shakllantiradi. 2⃣Monitoring: “Mening aksiyalarim” bo‘limida sizga tegishli qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha hisoblangan dividendlar miqdori bilan tanishing. 3⃣Rekvizitlar: Mablag‘larni qabul qilish uchun o‘z bank kartangizni ilovaga bog‘lang. 4⃣O‘tkazma: Dividendlarni bir necha soniya ichida kartangizga o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuboring. 📱 Bundan tashqari, ilovaning “Qayta aloqa” bo‘limi orqali mutaxassislar bilan bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga tezkor javob olishingiz mumkin. ❕Muhim ma’lumot: Mazkur xizmatdan Markaziy depozitariy bilan dividendlar to‘lovi bo‘yicha shartnoma imzolagan emitentlarning aksiyadorlari foydalanishlari mumkin (aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati). 📱Ilovani yuklab olish: 📱Google Play📱App Store ⏺Batafsil jarayon yuqoridagi video-yo‘riqnomada tushuntirilgan. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin