Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 📆Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (17.04.2026 – 24.04.2026) 💻 Hisobot haftasi yakuniga ko‘ra, Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 699 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa qo‘shimcha emissiyalar hisobiga o‘sishda davom etib, 267,12 trillion so‘mga yetdi. 📈 Depozitar tizimda “ASTERIUM” AJ tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning birlamchi hisobga olinishi amalga oshirildi. Mazkur amaliyot natijasida bozor aylanmasiga 85,68 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi. 🗣 Korporativ obligatsiyalar segmentida barqaror ko‘rsatkichlar saqlanib qolmoqda. Markaziy depozitariyda jami 35 ta emitentning 6,13 trillionso‘mlik korporativ obligatsiyalari hisobga olingan. 📱Mablag‘laringiz va qimmatli qog‘ozlaringiz holatini UzCSD mobil ilovasi orqali onlayn kuzatib boring. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin