TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #4012

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit3,180Kantite vizit
PibliyeApr 2804/28/2026, 11:48 AM
Kontni

Kontni pòs la

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariyda inson kapitalini boshqarish yangi bosqichga chiqmoqda 📆 25-aprel kuni Toshkent viloyatida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xodimlari uchun timbilding tashkil etildi. Tadbir xodimlarning o‘zaro ishonchini oshirish, jamoaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda tashkilotning strategik kelajagini birgalikda tahlil qilish uchun samarali maydon yaratdi. 🗣Tadbir doirasida Markaziy depozitariyning 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, tizimni raqamlashtirish va xalqaro integratsiya masalalari ko‘rib chiqildi. Xodimlarning o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishi har bir jamoa a’zosida umumiy muvaffaqiyat uchun daxldorlik hissini yanada oshirdi. ⏺ Dasturning amaliy qismi futbol, shaxmat, suzish va badminton kabi sport musobaqalari bilan davom etdi. Ushbu bahslar xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga va sog‘lom ish muhitini yaratishga xizmat qildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-421-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Kasaba uyushmalari Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi. ✅ Markaziy depozitariy kelgusida ham jamoaviy jipslikka qaratilgan tizimli tadbirlarnidavom ettirishni rejalashtirgan. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin