Kontni pòs la
🗓 28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni! 🌱 Xodimning salomatligi va xavfsizligi har qanday muvaffaqiyatli tashkilotning poydevoridir. 2026-yilda ushbu butunjahon kun global miqyosda “Ijobiy psixoijtimoiy ish muhiti: xodimlar farovonligi va kuchli tashkilot sari yo‘l” tamoyili ostida nishonlanmoqda. 🗣 Ijobiy muhit deganda biz nafaqat jismoniy xavfsizlikni, balki xodimlarning ruhiy xotirjamligi, o‘zaro ishonch va jamoaviy birdamlik ta’minlangan ish joyini tushunamiz. Zero, xodimlari o‘zini qadrli va himoyalangan his etgan tashkilotgina yuksak marralarni zabt eta oladi. ⏺Markaziy depozitariy jamoasi uchun ham xavfsiz va motivatsiyaga boy muhit yaratish korporativ madaniyatimizning ajralmas qismidir. Barcha soha vakillarini ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz! ✅Xavfsiz mehnat — barqaror kelajak garovidir! RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin