TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #4017

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit2,390Kantite vizit
PibliyeMay 305/03/2026, 06:02 AM
Kontni

Kontni pòs la

🟦HAYOT VA BIZNES ALGORITMLARI 📚Rey Dalio — “Tamoyillar” 🗣Dunyodagi eng yirik xedj-fondi “Bridgewater Associates” asoschisi Rey Dalio muvaffaqiyatni tasodif emas, balki aniq ishlaydigan mexanizm deb hisoblaydi. Uning “Tamoyillar” kitobi — bu shaxsiy va professional hayot uchun yozilgan “qomus”dir. ❔Nega bu kitobni o‘qish shart? Dalio bizga hissiyotlarni chetga surib, xatolardan dars olishning eng samarali usulini ko‘rsatadi. Uning yondashuvi: “Og‘riq + Mulohaza = Taraqqiyot”. Bu formula har qanday sarmoyador uchun inqiroz davrida omon qolish kalitidir. 🗂Investor uchun 3 ta asosiy tamoyil: 1⃣Haqiqatga tik qarang. Ko‘p investorlar bozor ularga qarshi yurganda, haqiqatni tan olishdan qo‘rqib, ta’bir joiz bo’lsa, ko‘zlarini yumib olishadi. Dalio esa haqiqat qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, uni qabul qilish va unga moslashish kerakligini uqtiradi. 2⃣“Aqliy xarita” tuzing. Har bir xato - bu kelajakda takrorlanmasligi kerak bo‘lgan saboq. Dalio har bir muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yangi tamoyil yozib borishni tavsiya qiladi. Shunda qaror qabul qilish vaqt o‘tishi bilan avtomatlashadi va aniqlashadi. 3⃣Radikal ochiqlik. Atrofingizda sizning fikringizga qo’shilmaydigan, lekin aqlli insonlarni to’plang. Baffetning “Anti-diversifikatsiya”siga qarama-qarshi o’laroq, Dalio “fikrlar diversifikatsiyasi” - ya'ni xato qilmaslik uchun turli nuqtai nazarlarni eshitish tarafdori. ✅Investitsiya - bu shunchaki pul tikish emas, bu o‘z fe’l-atvoringiz va dunyoqarashingiz ustida ishlashdir. Dalio sizga o‘z shaxsiy “operatsion tizimingizni” yangilashni taklif qiladi. #InvestorKutubxonasi RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin