Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🗓Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (24.04.2026 – 01.05.2026) 🗣Aksiyalar bozorida Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 700 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yirik emitentlarning qo‘shimcha emissiyalari hisobiga sezilarli o‘sib, 267,82 trillion so‘mga yetdi. 🗂Xususan: 📈“Ipoteka-bank” AJ tomonidan aksiyalarning yirik qo‘shimcha chiqarilishi qayd etildi. Natijada bankning jami chiqarilish hajmi 3 834,22 mlrd so‘mdan 4 225,52 mlrd so‘mga yetdi. 📈 Shuningdek, “Apex bank” AJ (600,0 mlrd so‘mdan 800,0 mlrd so‘mga) va “O‘zbekgidroenergo” AJ (731,11 mlrd so‘mdan 785,16 mlrd so‘mga) ustav kapitallari qo‘shimcha emissiyalar hisobiga oshirildi. ⏺“Fast financing service MKT” AJ tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirilib, bozorga 53,56 mlrd so‘mlik yangi aktivlar kiritildi. 🗣Korporativ obligatsiyalar bozorida o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Emitentlar soni bittaga ko‘payib, 36 taga yetdi. Hisobga olingan obligatsiyalarning umumiy nominal qiymati esa 6,18 trillion so‘mni tashkil qildi. ⏺ “Anor bank” AJ tomonidan amalga oshirilgan 50,0 mlrd so‘mlik yangi korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hisobga olinishi mazkur ko‘rsatkichning o‘sishiga asosiy turtki bo‘ldi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin