Kontni pòs la
✍️✍️✍️✍️ 🌐2026-yil aprel oyida aksiya va obligatsiya chiqarilishlari dinamikasi 💻Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysining 2026-yil 1-may holatidagi ma’lumotlari aprel oyida kapital bozorida o‘sish sur’atlari yanada jadallashganini ko‘rsatmoqda. 🗣Aksiyalar ⏺Chiqarilishlar umumiy hajmi 267,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan qariyb 2,9 trln so‘mga o‘sganligini ko‘rsatadi. ⏺Umumiy hajmning 72,7 foizi (194,8 trln soʻm) davlat ulushi hissasiga toʻgʻri keldi. ⏺Xorijiy egalarning ulushi 12,7 trln so‘m miqdorida barqaror saqlanib qolmoqda. 🗣Korporativ obligatsiyalar ⏺Ushbu segmentda rekord o‘sish qayd etildi: aprel oyi yakuniga ko‘ra umumiy hajm 6,18 trln so‘mga yetdi. Bu mart oyidagi ko‘rsatkichdan (5,63 trln so‘m) 550 mlrd so‘mga ko‘pdir. ⏺Bozor hajmining 68,3 foizi “Boshqa egalar” (xususiy sektor va banklar) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xorijiy investorlar ulushi esa 1,0 trln so‘mni (16,6%) tashkil etdi. 🗣Emitentlar ⏺Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) soni mart oyidagi 699 tadan 700 taga yetdi. ⏺Korporativ obligatsiya emitentlari soni esa 34 tadan 36 taga ko‘paydi. Umumiy emitentlar soni (AJ va MCHJlar) 726 tani tashkil etmoqda. 🗣Qimmatli qog‘ozlar egalari ⏺Aksiyadorlar safi aprel oyida 4 505 taga kengayib, jami 1 034 610 tani tashkil qildi. ⏺Jismoniy shaxslar soni 969 178 nafarga (jami aksiyadorlarning 93,6% dan ortig'i) yetishi aholi o‘rtasida investitsion faollik barqaror o‘sayotganini tasdiqlaydi. RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin