TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← UzCSD | Markaziy depozitariy
UzCSD | Markaziy depozitariy avatar

TGINSIGHT POST

Post #4027

@uzcsd

UzCSD | Markaziy depozitariy

Vizit963Kantite vizit
Pibliye27 days ago05/08/2026, 09:49 AM
Kontni

Kontni pòs la

🗳 E-vote: aksiyadorlar yig‘ilishida masofadan turib ishtirok eting! 🗣Aksiyadorlar va kuzatuv kengashi a’zolari uchun yig‘ilishlarda qatnashish endi geografik chegaralarni bilmaydi. E-vote elektron ovoz berish platformasi orqali siz emitentlar yig‘ilishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jarayonlarni jonli efirda kuzatishingiz, kun tartibidagi materiallar bilan oldindan tanishishingiz va elektron byulletenlar orqali onlayn ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun sizda internet va OneID orqali tasdiqlangan akkaunt bo‘lsa kifoya. ⏺Tizimning yagona va tushunarli interfeysi barcha jarayonlarni ochiq-oydin ko‘rsatib turadi. Shuningdek, emitent bilan onlayn muloqot qilish va kerakli xizmatlarni masofadan tanlash imkoniyati yaratilgan. Barcha ma’lumotlar xavfsiz aloqa kanallari orqali himoyalanadi. 🔔Platformadan foydalanish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan evote.uz saytida tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 (ichki raqam: 162) 🛜www.evote.uz RU🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin