Isi
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida roʻy bergan oilaviy kelishmovchilik aks etgan video keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan zudlik bilan oʻrganish ishlari olib borildi hamda voqea ishtirokchilari bilan bevosita muloqot oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasida aniqlanishicha, fuqaro R.O. va uning turmush oʻrtogʻi S.M. oʻrtasida koʻchada oʻzaro oilaviy tushunmovchilik yuzaga kelgan. Muloqot davomida fuqarolarning bildirishicha, mazkur vaziyat davomida hech qanday jismoniy kuch ishlatilmagan. Turmush oʻrtogʻi ham ushbu holatni tasdiqlab, eriga nisbatan hech qanday eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qilgan. Oila — jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, undagi munosabatlar o‘zaro hurmat, mas’uliyat va hamjihatlik asosida qurilishi lozim. Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolarini har qanday vaziyatda oilani muqaddas bilib, asrab-avaylashi hamda muomala madaniyati va mezbon davlat qonunlariga rioya etishga chaqiradi. @TIVmatbuot