TGINSIGHT CHAT
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
@TIVMatbuot
PolitikTashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 2 · 20 postingan
Diposting 24 Apr
“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”, – dedi Prezidentimiz. Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda. Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib, inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. "Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”, – dedi davlatimiz rahbari. Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi, turizm eksporti 1 milliard 103 million dollarni tashkil qildi. Bunday yuqori natijalarga “turistik relokatsiya” ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda. Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda soha mutasaddilari, hokimlar har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash topshirildi. Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar xatarlarni 2-3 xil ssenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi shartligi qayd etildi. Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga “aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib, mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
Ayrim rahbarlar tadbirkorning masalasini hal qilishi o‘rniga o‘zini chetga olayotgani, muammo respublika darajasiga chiqsa, aybini berkitish uchun o‘zini oqlab yurgani tanqid qilindi. Masalan, Nurafshon shahar hokimi byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora. Yoki G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz (Salixov) tumanlari hokimlari tadbirkorlik infratuzilmasi uchun berilgan tayyor pulga haligacha loyiha boshlamagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, biznes infratuzilmasini yaxshilash uchun ushbu tumanlarga bu yil respublikadan qo‘shimcha 262 milliard so‘m berilgan. Tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari “aravasini torta olmayotgan bo‘lsa”, bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
Davlatimiz rahbari energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi. Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi qayd etildi. Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi. “Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik”, – dedi Prezidentimiz. Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
Prezidentimiz kimda-kim “Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa, xato qilishini qayd etdi. “Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”, – dedi Prezidentimiz. Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan har 1 milliard so‘m kredit hisobiga Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Biroq Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda. Agar hamma tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida, qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi. Shuning uchun loyiha tanlashda, kredit resurslarini ishlatishda sun’iy intellekt kerak. Lekin viloyat, tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitib, kredit resursini tumanga eng katta samara beradigan loyihalarga yo‘naltirishni o‘rgatish ishlari sustligi tanqid qilindi. Soha mas’ullariga tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametri, risklari, bozordagi talabni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, tayyor yechimlarni berishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
O‘tgan hafta Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etildi. Prezidentimiz yana bir ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. “Buning uchun qanday qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganimizni bilganlar biladi. Umuman, yil boshidan erishilgan natijalar, ko‘rsatkichlar mehnatimizga yarasha bo‘ldi. Lekin ishlamay quruq oylik olib o‘tirganlar ham ishlaganlar bilan “bitta poyezdda ketyapti”. Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortmoqda. Yilning uchdan biri o‘tib bo‘ldi. Afsuski, ayrimlar hali ham “uyg‘ongani yo‘q”, – dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sdi. Eksport 5,8 milliard dollarni,xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda birinchi marta 7,1 foizgacha pasaydi. Bularning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 103 trillion so‘mga yetdi. Mahalliy budjetlardaqo‘shimcha 2 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ shakllandi. Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so‘m tuman va shaharlar ixtiyorida qoldi. “Kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizini ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bu Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil qilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvini nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasiga berganimiz uchun bo‘lyapti. Bir narsani bilinglar: iqtisodiyotimizni xalqaro miqyosda yangi darajaga olib chiqish uchun chuqur o‘ylab, yakuniy qarorga kelganmiz”, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Diposting 24 Apr
O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan mamlakatlar soni 168 taga yetdi Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisauning BMTdagi missiyasi rahbari Samba Sane diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi. Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi. Ikki tomonlama aloqalarning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi. G‘arbiy Afrika davlati bo‘lgan Gvineya-Bisau Respublikasi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 168-mamlakatga aylandi. *** The number of countries with which Uzbekistan has established diplomatic relations has reached 168 On April 22, 2026, in New York, the Permanent Representative of Uzbekistan to the United Nations, Ulugbek Lapasov, and the Head of the Mission of Guinea-Bissau to the UN, Samba Sane, signed a Joint Communiqué on the establishment of diplomatic relations. The parties expressed a strong mutual interest in strengthening cooperation within international organizations, including the United Nations and its specialized agencies. An agreement was also reached to intensify engagement in identifying mutually beneficial areas of bilateral cooperation. The Republic of Guinea-Bissau has thus become the 168th country with which Uzbekistan has established diplomatic relations. *** Число стран, установивших дипломатические отношения с Узбекистаном, достигло 168 22 апреля 2026 года в городе Нью-Йорке постоянный представитель Узбекистана при ООН Улугбек Лапасов и глава миссии Гвинеи-Бисау при ООН Самба Сане подписали Совместное коммюнике об установлении дипломатических отношений. Стороны выразили твердую заинтересованность в укреплении сотрудничества в рамках международных организаций, включая ООН и ее специализированные учреждения. Достигнута договоренность об активизации взаимодействия по поиску взаимовыгодных направлений двусторонних связей. Западно-африканская Республика Гвинея-Бисау стала 168-й страной, с которой Узбекистан установил дипломатические отношения. @tivmatbuot
Diposting 23 Apr
Historic Achievement: Uzbekistan Elected to the UN Commission on Crime Prevention and Criminal Justice for the First Time At the United Nations Headquarters in New York, Uzbekistan has been elected to the UN Commission on Crime Prevention and Criminal Justice for the term 2027–2029. Established in Vienna in 1992, the Commission brings together 40 member states elected for three-year terms. It develops international standards in the field of criminal justice, coordinates efforts to combat transnational crime, corruption, and cybercrime, and organizes UN Congresses on Crime Prevention. Uzbekistan has joined the Commission for the first time from the Asia-Pacific Group, alongside China, Japan, and Saudi Arabia. The election reflects international recognition of the country’s reforms in the rule of law, human rights protection, and judicial and legal system modernization. The support for Uzbekistan’s candidacy demonstrates the high level of trust from the international community and confirms the country’s growing authority on the global stage. Membership in the Commission opens additional opportunities for participation in shaping international standards, expanding cooperation, and promoting national reform experience. Uzbekistan intends to actively contribute to the Commission’s work by advancing international cooperation, promoting the humanization of criminal policy, and strengthening global efforts in crime prevention. Press Service of the MFA of Uzbekistan @TIVmatbuot
Diposting 23 Apr
Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston 2027–2029-yillar muddatiga BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasiga saylandi. 1992-yilda Venada tashkil etilgan ushbu Komissiya uch yillik muddatga saylanadigan 40 ta a’zo davlatni birlashtiradi. U jinoiy odil sudlov sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqadi, transmilliy jinoyatchilik, korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtiradi, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha BMT kongresslarini tashkil etadi. O‘zbekiston ilk bor Osiyo-Tinch okeani guruhi nomidan Komissiya tarkibiga Xitoy, Yaponiya va Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda kirdi. Mazkur saylov mamlakatda qonun ustuvorligi, inson huquqlarini himoya qilish va sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilganini aks ettiradi. O‘zbekiston nomzodining qo‘llab-quvvatlanishi xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilgan yuksak ishonch ifodasi hamda mamlakatning jahon maydonidagi nufuzi ortib borayotganining tasdig‘idir. Komissiyaga a’zolik xalqaro standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, hamkorlikni kengaytirish va milliy islohotlar tajribasini ilgari surish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston Komissiya faoliyatida faol ishtirok etishni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, jinoiy siyosatni insonparvarlashtirish tamoyillarini ilgari surishga hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. TIV Matbuot xizmati *** В штаб-квартире ООН в Нью-Йорке Узбекистан избран в Комиссию ООН по предупреждению преступности и уголовному правосудию на период 2027-2029 годов. Комиссия, созданная в 1992 году в Вене, объединяет 40 государств-членов, избираемых на трёхлетний срок. Она разрабатывает международные стандарты в сфере уголовной юстиции, координирует борьбу с транснациональной преступностью, коррупцией и киберпреступностью, а также организует Конгрессы ООН по предупреждению преступности. Узбекистан впервые вошёл в состав органа от Азиатско-Тихоокеанской группы наряду с Китаем, Японией и Саудовской Аравией. Избрание отражает международное признание проводимых в стране реформ в сфере верховенства закона, защиты прав человека и модернизации судебно-правовой системы. Поддержка кандидатуры Узбекистана стала выражением высокого доверия со стороны международного сообщества и подтверждением растущего авторитета страны на мировой арене. Членство в Комиссии открывает дополнительные возможности для участия в выработке международных стандартов, расширения сотрудничества и продвижения национального опыта реформ. Узбекистан намерен активно участвовать в работе Комиссии, содействуя развитию международного взаимодействия, продвижению принципов гуманизации уголовной политики и укреплению глобальных усилий по предотвращению преступности. Пресс-служба МИД Узбекистана @TIVmatbuot
Diposting 23 Apr
Prezident Shavkat Mirziyoyev o’zi rahbarlik qilgan Mirzo Ulug’bek tumani hokimligida
Diposting 23 Apr
Soʻnggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar va internet resurslarida Janubiy Koreyada istiqomat qilgan vatandoshimiz Kim Nozima Akmal qizining vafoti yuzasidan turli tasdiqlanmagan xabarlar keng tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekistonning Seuldagi Elchixonasi voqea sodir boʻlgan kundan boshlab Janubiy Koreya huquq-tartibot organlari bilan vatandoshimizning oʻlimi holatiga oydinlik kiritish, tergov harakatlarini haqqoniy olib borilishini taʼminlash maqsadida hamkorlik qilib, uchrashuvlar oʻtkazib kelayotganini bildiramiz. Yaqinda olib borilayotgan tergov ishlari haqida aniq maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida marhumaning onasi Feruza Alimbekova Elchixona hamda mazkur davlat politsiyasi koʻmagida Janubiy Koreyaga taklif etildi. Joriy yil 14-aprel kuni marhumaning onasi F.Alimbekova, uning advokati hamda Elchixona xodimlari ishtirokida hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib borayotgan Pyontek shahar politsiyasi masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda Koreya politsiyasi vakillari Oʻzbekiston fuqarosining vafoti hamda ushbu holatning yuz berish tafsilotlari boʻyicha oʻtkazilgan qoʻshimcha tekshiruv tadbirlari xususida maʼlumot berdi. Koreya huquq-tartibot organlarining maʼlum qilishicha, fuqaro N.Kimning oʻlimi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov va ekspertiza natijalariga koʻra, marhumaning vafotida qotillik alomatlari aniqlanmagan. Bundan tashqari, Koreya politsiyasi tomonidan voqea sodir boʻlgan tunda yozilgan marhuma istiqomat qilgan uyning atrofidagi, shuningdek, N.Kimga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan kasalxona hamda Pyontek shahridagi “Sonmu” shifoxonasidagi kameralarga muhrlangan videotasmalar ham marhumaning onasiga va uning advokatiga maʼlumot tariqasida koʻrsatildi. Uchrashuv davomida Pyontek shahridagi Koreya Milliy sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan amalga oshirilgan chuqurlashtirilgan ekspertiza natijalari ham maʼlum qilindi. Mazkur tahlil natijalariga koʻra, fuqaro N.Kimda oʻz joniga qasd qilish tashxisi asosida oʻlim holati qayd etilgan. Shuningdek, DNK, qon, barmoq izi tahlil qilingani, uning tanasidan zaharli va dori moddalar yoki ichki hamda tashqi tana qismlarida qattiq zarba taʼsirida yuzaga kelgan koʻkarish holatlari aniqlanmagani boʻyicha ham maʼlumot berildi. Koreya politsiyasi xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan marhuma N.Kimga tegishli turli suratlar tergov jarayonida olinmagani va ularni tarqatish Koreya qonunchiligi boʻyicha taqiqlanishini bildirdi. Uchrashuvda Pyontek shahar politsiyasi vakillari hozirda tergov jarayoni davom etayotgani, natijasi boʻyicha maʼlumotlar marhumaning yaqinlariga taqdim etilishini bildirdi. Mazkur holat mamlakatimiz Elchixonasi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, diplomatik vakolatxona marhumaning vafotiga oydinlik kiritish boʻyicha Koreya politsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Shu oʻrinda, Elchixona fuqarolarimizdan marhuma vatandoshimizning xotirasini hurmat qilishga, turli tasdiqlanmagan, notoʻgʻri va asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirib qoladi. @tivmatbuot