TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← 🇺🇿 TIV matbuot kotibi
🇺🇿 TIV matbuot kotibi avatar

TGINSIGHT POST

Post #983

@TIVMatbuot

🇺🇿 TIV matbuot kotibi

Tampilan6,780Jumlah tampilan
Diposting23 Apr23/04/2026, 05.01
Isi postingan

Isi

Soʻnggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar va internet resurslarida Janubiy Koreyada istiqomat qilgan vatandoshimiz Kim Nozima Akmal qizining vafoti yuzasidan turli tasdiqlanmagan xabarlar keng tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekistonning Seuldagi Elchixonasi voqea sodir boʻlgan kundan boshlab Janubiy Koreya huquq-tartibot organlari bilan vatandoshimizning oʻlimi holatiga oydinlik kiritish, tergov harakatlarini haqqoniy olib borilishini taʼminlash maqsadida hamkorlik qilib, uchrashuvlar oʻtkazib kelayotganini bildiramiz. Yaqinda olib borilayotgan tergov ishlari haqida aniq maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida marhumaning onasi Feruza Alimbekova Elchixona hamda mazkur davlat politsiyasi koʻmagida Janubiy Koreyaga taklif etildi. Joriy yil 14-aprel kuni marhumaning onasi F.Alimbekova, uning advokati hamda Elchixona xodimlari ishtirokida hodisa yuzasidan tergov harakatlarini olib borayotgan Pyontek shahar politsiyasi masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda Koreya politsiyasi vakillari Oʻzbekiston fuqarosining vafoti hamda ushbu holatning yuz berish tafsilotlari boʻyicha oʻtkazilgan qoʻshimcha tekshiruv tadbirlari xususida maʼlumot berdi. Koreya huquq-tartibot organlarining maʼlum qilishicha, fuqaro N.Kimning oʻlimi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov va ekspertiza natijalariga koʻra, marhumaning vafotida qotillik alomatlari aniqlanmagan. Bundan tashqari, Koreya politsiyasi tomonidan voqea sodir boʻlgan tunda yozilgan marhuma istiqomat qilgan uyning atrofidagi, shuningdek, N.Kimga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan kasalxona hamda Pyontek shahridagi “Sonmu” shifoxonasidagi kameralarga muhrlangan videotasmalar ham marhumaning onasiga va uning advokatiga maʼlumot tariqasida koʻrsatildi. Uchrashuv davomida Pyontek shahridagi Koreya Milliy sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan amalga oshirilgan chuqurlashtirilgan ekspertiza natijalari ham maʼlum qilindi. Mazkur tahlil natijalariga koʻra, fuqaro N.Kimda oʻz joniga qasd qilish tashxisi asosida oʻlim holati qayd etilgan. Shuningdek, DNK, qon, barmoq izi tahlil qilingani, uning tanasidan zaharli va dori moddalar yoki ichki hamda tashqi tana qismlarida qattiq zarba taʼsirida yuzaga kelgan koʻkarish holatlari aniqlanmagani boʻyicha ham maʼlumot berildi. Koreya politsiyasi xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan marhuma N.Kimga tegishli turli suratlar tergov jarayonida olinmagani va ularni tarqatish Koreya qonunchiligi boʻyicha taqiqlanishini bildirdi. Uchrashuvda Pyontek shahar politsiyasi vakillari hozirda tergov jarayoni davom etayotgani, natijasi boʻyicha maʼlumotlar marhumaning yaqinlariga taqdim etilishini bildirdi. Mazkur holat mamlakatimiz Elchixonasi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, diplomatik vakolatxona marhumaning vafotiga oydinlik kiritish boʻyicha Koreya politsiyasi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Shu oʻrinda, Elchixona fuqarolarimizdan marhuma vatandoshimizning xotirasini hurmat qilishga, turli tasdiqlanmagan, notoʻgʻri va asossiz maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirib qoladi. @tivmatbuot