Isi
Samarqandda avtobus haydovchisi yo‘nalish chizmasidan chiqib ketib, qo‘pol xatti-harakatlar sodir qildi Ijtimoiy tarmoqlarda 87-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusning yo‘nalish chizmasidan chiqib ketganligi hamda haydovchining qo‘pol xatti-harakatlari yuzasidan videomurojaat tarqaldi. Aniqlanishicha, holat “Toxir R” MChJga tegishli, 87-sonli “Sartepa maskani-Universitet xiyoboni” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanishi belgilangan, davlat raqami 30/652 YBA bo‘lgan avtobus haydovchisi tomonidan sodir etilgan. Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan avtobus haydovchisi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. "Korxona rahbariyati tomonidan haydovchiga belgilangan tartibda jazo chorasi qoʻllanilib, “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar alohida nazoratga olindi" deyiladi viloyat Transport boshqarmasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube