TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini7,647Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 17 Apr

377 views

Diposting 17 Apr

⛅️Samarqandda 18-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+23° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +18 - +23°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ba’zi joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:51 Quyosh botishi: 19:11 🔰Telegram | Instagram | You Tube

409 views

Diposting 17 Apr

Samarqandda 677,6 mln so‘mlik energiya talon-toroj qilindi Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda bir nechta qonunbuzilishlar fosh etildi. Jumladan, Jomboy tumanida fuqaro F.K. elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 324,4 mln so‘mlik energiyadan foydalangan. Kattaqo‘rg‘onda esa “K.G.” MCHJ rahbari G.M. 112,2 mln so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan. Shuningdek, Samarqand shahrida “Sh.S.” MCHJ rahbari ko‘p qavatli uyni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 241 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

546 views

Diposting 16 Apr

⚡️9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi. ❗️ 9-sinf — majburiy fanlar: • Ona tili va adabiyoti / davlat tili — 1-iyun; • Matematika — 4-iyun; • O‘zbekiston tarixi — 8-iyun; • Jismoniy tarbiya — 1–6-may. ❗️ 11-sinf — majburiy fanlar: • Ona tili va adabiyoti / davlat tili — 2-iyun; • Matematika (asosiy / chuqurlashtirilgan) — 5-iyun; • O‘zbekiston tarixi — 9-iyun. ❗️ 11-sinf — tanlov fanlari (barcha bitiruvchilar uchun majburiy): Fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat va huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘quvchilar 2 ta tanlov fanini tanlaydi: 1-fan 12-iyunda, 2-fan 15-iyunda topshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

695 views

Diposting 16 Apr

Paxtachida noqonuniy oltin qazib olish holati fosh etildi Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Paxtachi tumani hududida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 tonna ma’danli toshlarni hech qanday ruxsatnomasiz qazib olgani ma’lum bo‘ldi. Ular ushbu xom ashyodan qo‘lbola uskunalar yordamida oltin ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

549 views

Diposting 16 Apr

Samarqandda noqonuniy “mayning ferma” fosh etildi Samarqand viloyatida yirik miqdorda elektr energiyasini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi. Tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.N. Samarqand shahridagi uy yerto‘lasida yashirin ravishda 5 ta mayning qurilmasini tijorat maqsadida ishlatgani ma’lum bo‘ldi. U mazkur uskunalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) hamda 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

561 views

Diposting 16 Apr

15 yillik stajli o‘qituvchilarga ipoteka bo‘yicha yangi subsidiya joriy etiladi 2026-yildan boshlab kamida 15 yillik ish staji va oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Subsidiya olish uchun pedagog: – 15 yil va undan ortiq ish stajiga ega; – oliy malaka toifasiga ega; – 60 yoshgacha; – hozirda ishlayotgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida 2 va undan ortiq uy-joy bo‘lmasligi talab etiladi. Arizalar DXM yoki YIDXP orqali bepul qabul qilinadi, jarayon esa elektron platformalar orqali avtomatik ko‘rib chiqiladi. Subsidiya faqat bir marta beriladi va belgilangan hududdagi uy-joylarga tatbiq etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

599 views

Diposting 15 Apr

❤️‍🔥Inspeksiya ogohlantiradi: noqonuniy qurilishlar bo'yicha hech qanaqa "aksiya" bo'lgani yo'q, firibgarlar qurboni bo'lmang! 🔰Telegram | Instagram | You Tube

674 views

Diposting 14 Apr

🌧Samarqandda 15-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+20° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Quyosh chiqishi: 05:55 Quyosh botishi: 19:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube

750 views

Diposting 14 Apr

Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda Toyloq va Jomboy tumanlarida bir necha firibgarlik holatlari aniqlandi. Toyloq tumanida fuqaro D.B. tanishlari orqali guvohnomani bekor qildirmaslikni va’da qilib, 2 500 AQSH dollarini olgan. Tekshiruv jarayonida ushbu mablag‘ning bir qismi qaytarildi. Jomboy tumanida esa fuqaro F.E. ikki fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, 2 100 AQSH dollarini o‘zlashtirib yuborgan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

767 views

Diposting 12 Apr

🌤Samarqandda 13-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:58 Quyosh botishi: 19:06 🔰Telegram | Instagram | You Tube

802 views

Diposting 12 Apr

Samarqandda tadbirkorni noqonuniy tekshirgan Madaniy meros boshqarmasining ikki xodimi javobgarlikka tortildi Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi tadbirkorlik subyektini tekshirish tartibini buzganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192²-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Mazkur holatda ular qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda tadbirkor faoliyatini tekshirgan. Sud hukmiga binoan, aybdorlarga ma’lum huquqlardan, jumladan davlat ishtirokidagi tashkilotlar, korxona va muassasalarda moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan 1 yil muddatga mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, ularga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, ya’ni 37 million 500 ming so‘m jarima solingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

918 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
SebelumnyaHal. 1 dari 84Berikutnya