TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1983

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan658Jumlah tampilan
Diposting21 Mar21/03/2025, 15.30
Isi postingan

Isi

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasi 40 yil ichida birinchi marta Parijdagi qarorgohidan boshqa joyda — Samarqandda o‘tkaziladi YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu qaror 2023-yil noyabr oyida Parijda o‘tkazilgan 42-sessiyada qabul qilindi va 194 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu sessiya tashkilotning 80 yilligiga to‘g‘ri keladi va 1985-yildan beri ilk bor Parijdagi shtab-kvartirasidan tashqarida o‘tkaziladi. 2024-yil 15-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Unga muvofiq, bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkiliy qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita sessiyani yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube