Isi
Odamlarning ruxsatisiz video va rasmga olish taqiqlanishi mumkin Shaxsni suratga olish yoki uni aniqlash imkonini beradigan tashqi belgilari aks etgan tasvirlarni uning roziligisiz olish taqiqlanishiga oid taklif Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun chiqargan qonun loyihasida keltirilgan. Loyihaga ko‘ra, quyidagi holatlar bundan mustasno: - xizmat vazifasini bajarishda davlat xizmatchilarini suratga olish; - to‘y yoki boshqa ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonni tasvirga tushirish; - hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbadan olingan tasvirlar; - xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida olingan tasvirlardan foydalanishda ruxsat talab qilinmaydi. Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligini buzish maqsadida yashirin suratga olish yoki axborotni yashirin tarzda yig‘ish uchun maxsus vositalardan foydalanganlik uchun jarima joriy etilishi ham ko‘zda tutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube