Isi
Katta miqdordagi xorijiy valyutaning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir jarayonida mamlakatimizdan qo‘shni davlat tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi, 1978 y.t. fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u mazkur pul mablag‘ini deklaratsiyasiz, bojxona nazoratidan yashirib, Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube