TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1991

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan776Jumlah tampilan
Diposting22 Mar22/03/2025, 16.16
Isi postingan

Isi

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi xodimlar ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantiriladi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga Prezident Farmoniga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi. 2025-yil 1-sentyabrdan: umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga; umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga; I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. 2026-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha ragʻbatlantiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube