Isi
Samarqandda narkolaboratoriya fosh etildi DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari Qashqadaryoda tug‘ilgan, Toshkentda vaqtincha yashovchi 2001 va 2002-yilda tug‘ilgan ikki shaxsni Rossiyadan xalqaro pochta orqali yuborilgan 7 kg 313 gr “5-Fluro-ADB” giyohvand moddasi bilan qo‘lga oldi. Ular noma’lum profil egasi topshirig‘iga ko‘ra, 500 dollar evaziga ushbu moddani Samarqandga yetkazishi kerak boʻlgan. Samarqandda ushbu moddani qabul qilib olgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2001 va 2002-yilda tug‘ilgan yana ikki shaxs ham ushlangan. Ulardan birining Samarqanddagi xonadonida sintetik giyohvand moddalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan yashirin laboratoriya tashkil qilingani aniqlangan. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube