TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2015

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan914Jumlah tampilan
Diposting27 Mar27/03/2025, 08.56
Isi postingan

Isi

Samarqandda 43 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi Samarqand shahrida 43 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnomaga o‘tkazilib, haydovchilardan kunlik reja topshirish majburiyati olib tashlandi. Endi haydovchilarga oylik bosib o‘tgan masofa va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab to‘lanadi. Samarqand shahrida 43 ta avtobus yo‘nalishi brutto-shartnomaga o‘tkazildi. Qayd etilishicha, avtobuslarda elektron to‘lov imkoniyati yaratildi. Imtiyozli va moslashuvchan (bir soat ichida birinchi to‘lov 1600 so‘m, ikkinchisi 600 so‘m, uchinchisi tekin) tariflar joriy etildi. Avtobuslarni onlayn rejimda kuzatish yo‘lga qo‘yildi. Shaharga shu kungacha 100 ta elektrobus olib kelingan, 2025-yil yakuniga ko‘ra, yana 100 ta elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube