Isi
2026-yildan oʻzini oʻzi band qilish tartibi oʻzgaradi O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi. 2026-yildan quyidagi yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilish bekor qilinadi: ❌ Sartaroshlik ❌ Repetitorlik ❌ Gid-tarjimonlik ❌ Rieltorlik ❌ Avtomobil ustachiligi va boshqalar Endi ushbu sohalarda ishlayotganlar xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Qiziq jihati, pandemiya davrida o‘zini o‘zi band qilish imkoniyati kengaytirilgan edi. Endi esa bu imkoniyat ayrim sohalar uchun bekor qilinmoqda. Uy sharoitida tovuq boqish, hunarmandchilik kabi faoliyatlar esa o‘zini o‘zi band qilish asosida davom etishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube