TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2025

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan855Jumlah tampilan
Diposting29 Mar29/03/2025, 05.30
Isi postingan

Isi

Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i deputatlarga hisob bergisi kelmadi OʻzLiDeP matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, deputatlik guruhi yig‘ilishida Samarqand viloyat transport va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dolzarb masalalar muhokamasi oʻtkazilgan. Viloyat Transport boshqarmasi rahbari Ravshan Tojiyevning ma’lum qilishicha, hududda 2772 ta jamoat transporti yo‘nalishlarda harakatlanmoqda. Bundan tashqari, 18 mingdan ortiq fuqaro shaxsiy avtomobillari orqali yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Suhrob Zayniyev viloyat aholisiga 342 ta tibbiy muassasa xizmat ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan. Kun tartibida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Elyor Tolliyevning hisobotini eshitish ham belgilangan bo‘lib, boshqarma boshlig‘i mutaxassisni yuborganligi sabab hisobot tinglanmagan va keyingi eshituvga qoldirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube