TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2032

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,850Jumlah tampilan
Diposting31 Mar31/03/2025, 08.50
Isi postingan

Isi

Samarqanddagi ayrim oliygohlarga ta’til beriladi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari tasdiqladi. Samarqand shahrida xalqaro sammit o‘tkazilishi munosabati bilan shaharda harakatlanish cheklanadi (ayrim yoʻllar yopiladi). Shu sababli 2025-yil 1-5-aprel kunlari quyidagi oliy ta’lim muassasalariga yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi: 1. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2. Samarqand davlat chet tillar instituti 3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti 7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi. ❗️Eslatma: ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi. Jaydari tilda aytganda, hozir 5 kun dam olishadi, evaziga yozgi ta’tilga 5 kun kechroq chiqishadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube