Isi
Payariq tumanida 16 yoshli bola daraxt yiqitish jarayonida vafot etdi Ma’lum boʻlishicha, 30-mart kuni soat 11:00 larda Payariq tuman Ichki ishlar boshqarmasiga “Ilg‘or” MFYda yashovchi 2008-yilda tug‘ulgan bola o‘z uyida daraxt yiqitish jarayonida baxtsiz xodisa sababli og‘ir tan jarohati olib, Chelak shifoxonasiga olib kelinganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, bola yashash xonadonida daraxt kesish jarayonida daraxtning kesilgan shoxi uning ustiga tushib ketgan. Oqibatda bola tan jarohati olib, oila a’zolari tomonidan zudlik bilan Chelak shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan bola vafot etgan. Holat tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube