TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2052

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan944Jumlah tampilan
Diposting6 Apr06/04/2025, 05.03
Isi postingan

Isi

Samarqand shahrida 3 nafar shaxs 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib pullarini o‘g‘irladi Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Joriy yil 30-mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D., Samarqand shahar IIO FMB “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, 2025-yil 29-mart kunidan 30-mart kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, uyidan 1.900 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib ketganini maʼlum qilgan. Holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov-tezkor harakatlari natijasida, 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari mazkur jinoyatda, yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F. ham bo‘lgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube