TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2055

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,380Jumlah tampilan
Diposting7 Apr07/04/2025, 11.41
Isi postingan

Isi

Endilikda 11-sinf bitiruvchilari maktab bergan sertifikat bilan ishlashi mumkin bo‘ladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha yakuniy imtihondan oʻtkazish va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori loyihasi eʼlon qilindi. Unga koʻra, endilikda oʻquvchilar ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yoʻnaltirilib, bitiruvchilar egallaydigan kasb-hunar boyicha amaliy imtihondan oʻtkaziladi va ularga elektron sertifikat beriladi. Kasb-hunarga oʻqitish dasturi doirasida yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga beriladigan sertifikat orqali maktab bitiruvchilari ishlash huquqini qoʻlga kiritadilar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube