Isi
“O‘zatom” Samarqandda oʻtkazilgan Atom energetikasi konferensiyasiga 5,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi Davlat xaridlari portali maʼlumotlariga koʻra, “Oʻzatom” agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan atom energiyasi boʻyicha xalqaro konferensiyani tashkil etish uchun 5,9 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan. Konferensiyani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlari uchun Prezident Administratsiyasi huzuridagi “Interforum” davlat unitar korxonasiga 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shuningdek, “Samarkand Touristic Center” MChJga turizm xizmatlari ko‘rsatgani uchun qariyb 2 milliard so‘m to‘langan. Mehmonxona, aviachiptalar, oʻquv kurslari va reklama roliklari uchun ham katta mablagʻ ajratildi. Batafsil oʻqish 🔰Telegram | Instagram | You Tube