TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2060

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan870Jumlah tampilan
Diposting8 Apr08/04/2025, 07.14
Isi postingan

Isi

Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, ushbu binolar madaniy meros ob’yektlari qatoriga kirmaydi va ularning egalariga kompensatsiya to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165 son farmoyishi qabul qilingan. Ushbu farmoyishga ko‘ra, Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube