TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2065

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,190Jumlah tampilan
Diposting9 Apr09/04/2025, 06.05
Isi postingan

Isi

Amir Temurning harbiy strategiyasidan Napoleon ham foydalanganmi? Tarix sahnasida yuksak harbiy salohiyati bilan nom qoldirgan Amir Temur va Napoleon Bonapart o‘rtasidagi o‘xshashliklar ko‘plab tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Amir Temur jangovar yurishlarda harakat erkinligi, aniq reja va ma’lumotga asoslangan qarorlarni ustun qo‘yar edi. Uning jang maydonini ongli tanlashi, dushmanni chalg‘itish va bo‘linmalarni maqsadli boshqarish uslubi o‘z davri uchun yangilik bo‘lgan. Napoleon ham o‘z harbiy yurishlarida ana shu yondashuvlarga yaqin usullarni qo‘llagan. Manbalarda keltirilishicha, u Misr yurishi paytida Sharqdagi sarkardalar, jumladan, Amir Temur haqida ma’lumotlar bilan tanishgan. Garchi u Temur strategiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa olmagan bo‘lsa-da, ayrim g‘oyalarni o‘z tajribasiga moslashtirgani ehtimoldan xoli emas. Bu esa Temurning harbiy tafakkuri nafaqat o‘z zamonasi, balki undan keyingi asrlar sarkardalari uchun ham ilhom manbai bo‘lganini ko‘rsatadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube