TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
"Har oyning bitta shanba va yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi" - Prezident Keyingi yillarda ichki turizmga e’tibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi (2017 yilda 5 millionta edi). Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi. Yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi. Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube