Isi
Kattaqo‘rg‘onda chorva mollarining ichki a’zolarini kanal suviga yuvib, uni ifloslantirgan fuqaro jarimaga tortildi Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan "Qarako‘lcha" MFY hududida o‘tkazilgan kuzatuv-reyd tadbiri davomida Mullakichkina qishlog‘i fuqarosi M.J. chorva mollarining ichki a’zolarini Narpay kanaliga yuvib, suvni ifloslantirayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur huquqbuzarlik bo‘yicha fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi 1-qismi bilan BHMning besh baravari — ya’ni 1 875 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube