TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2081

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan856Jumlah tampilan
Diposting14 Apr14/04/2025, 06.31
Isi postingan

Isi

Samarqandda byudjetdan jami 83 mlrd so‘mdan oshiq pul ajratiladi Mablag‘ning katta qismi Bulung‘ur tumani uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan. Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi pul ajratish bo‘yicha ikkita hujjatni tasdiqladi. Unda jami 83 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ haqida gap boradi. Har ikkala qaror 2025-yil 11-aprel kuni e’lon qilingan. Dastlab viloyat byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 13 mlrd 856 mln so‘m аjratiladi. 13060 harbiy qism hududida Ma’naviyat va ma’rifat binosini qurishga 4 mlrd so‘m, Ishtixon tumanida sobiq muftiy Usmonxon Alimov maqbarasini qurishga 1 mlrd so‘m, DXX boshqarmasi oshxonasini ta’mirlash uchun 1,4 mlrd so‘m, Samarqand tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va obodonlashtirish xarajatlari uchun 3 mlrd so‘m beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube