Isi
Prezident “Sea Breeze Uzbekistan” taqdimoti bilan tanishdi Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni “Sea Breeze Uzbekistan” taqdimoti chog‘ida loyihaning ekologik barqarorligi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatini alohida ta’kidladi. Majmuada yashil texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya, tabiiy muhitga mos arxitektura yechimlari qo‘llaniladi. Har bir qurilish tabiatning o‘zgarmas qiyofasini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi. Loyiha Ozarbayjonlik taniqli tadbirkor Emin Agalarov tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u “Agalarov Development” kompaniyasi orqali amalga oshirilmoqda. Majmua umumiy 500–700 gektar maydonda barpo etiladi. Loyiha qiymati taxminan 10 milliard AQSh dollarini tashkil etadi va u to‘liq xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube