TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2088

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,130Jumlah tampilan
Diposting15 Apr15/04/2025, 12.52
Isi postingan

Isi

"Bulung‘ur" kanali bo‘yidagi hududni dam olish zonasiga aylantirishga 7,8 mlrd so‘m ajratildi Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi Bulungʻur tumanida qator loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hujjatni tasdiqladi. Qaror 2025-yil 11-aprel kuni e’lon qilingan. Hujjatda Bulungʻur tumanini rivojlantirishga turtki beruvchi infratuzilma loyihalariga bag‘ishlanadi. Jumladan, Bulung‘ur kanali bo‘yida dam olish maskani qurish uchun 1 mlrd so‘m, tuman markazidagi "Humo" sayilgohini qurish va amfiteatr uchun 2,5 mlrd so‘m, Bulung‘ur, Fozil Yo‘ldosh va Mustaqillik ko‘chalarini 24 soat ishlaydigan ko‘chaga aylantirish ishlariga 4,4 mlrd so‘m, tuman markazida renovatsiya dasturi asosida uylar qurishga 5,6 mlrd so‘m beriladi. Tuman davlat idoralarini bir binoga jamlash orqali bo‘shagan binolarda tadbirkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishga 10 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ beriladi. "Bulung‘ur" kanali bo‘yidagi 25 gektar hududni dam olish zonasiga aylantirishga 7,8 mlrd so‘m beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube