Isi
⚡Samarqandda jamoat transporti narxlari oshirildi Samarqand shahrida jamoat transportidan foydalanish narxi oshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Adiz Boboyev 2025-yil 15-aprel kuni tegishli qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, shahar bo‘ylab avtobus, elektrobus va tramvaylarda naqd pul orqali to‘lov bir yo‘lovchi uchun 3 ming so‘m etib belgilandi. Bank kartalari orqali mazkur miqdor 2 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, jamoat transportidan kunlik, oylik va haftalik cheksiz foydalanish narxlari belgilandi. Oddiy yo‘lovchilar uchun bir kunlik narx 7-8 ming so‘mni, oylikda 200-277 ming so‘mni tashkil etadi. Yillik miqdor esa 1 mln 927 ming (umumiy 2 mln 715 ming so‘m). Imtiyozli kartalardan foydalanuvchilar (nogironlar, pensionerlar, talabalar) ga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. Qaror e’lon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube