Isi
🇺🇸AQSHda noqonuniy migrantlarga vataniga qaytishi uchun pul va aviachipta beriladi Tramp noqonuniy migrantlar uchun “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturini e’lon qildi. Tashabbusga ko‘ra, migrantlarga oz miqdorda pul va aviachipta beriladi. Ular o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishi, keyinchalik qonuniy ravishda qaytishi mumkin bo‘ladi. “O‘zini yaxshi tutganlar”ga qaytish imkoniyati yaratiladi. Deportatsiya qilinadigan O‘zbekiston fuqarolari soni 975 nafarni tashkil qiladi. 2023-yil sentyabrdan 2024-yil sentyabrgacha AQSHdan 572 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan. CBP Home mobil ilovasi orqali migrantlar hibsga olinmasdan, o‘zlari mamlakatni tark etishi mumkin. Tramp ma’muriyati yiliga bir milliongacha odamni deportatsiya qilishni rejalashtirgan. Biroq bu reja huquqiy va moliyaviy to‘siqlarga uchrashi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube