TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2112

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,460Jumlah tampilan
Diposting19 Apr19/04/2025, 13.55
Isi postingan

Isi

O‘zbekistonda tabiiy suv havzalarida har qanday usuldagi baliq ovlash taqiqlanadi Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiming maʼlum qilishicha, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanmoqda. Ushbu taqiq Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli Qonuniga asosan joriy qilinmoqda. Demak, baliqlarning urug‘ qo‘yish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas. "Shuningdek, taqiq davrida brakonyerlarga qarshi kurash kuchaytiriladi. Noqonuniy baliq ovlaganlarga esa keskin chora ko‘riladi." deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube