Isi
Oʻzbekistonning qaysi hududida aholi eng zich joylashgan? Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha aholi zichligi 1 km² ga oʻrtacha 84,0 kishini tashkil etmoqda. Hududlar boʻyicha aholi zichligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga oʻrtacha 6 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Fargʻona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan. Hududlar kesimida 1 km² ga toʻgʻri keladigan aholi soni quyidagicha: Qoraqalpogʻiston Resp. – 12,2 kishi Andijon viloyati – 807,9 kishi Buxoro viloyati – 51,8 kishi Jizzax viloyati – 72,8 kishi Qashqadaryo viloyati – 128 kishi Navoiy viloyati – 9,9 kishi Namangan viloyati – 422,7 kishi Samarqand viloyati – 257,3 kishi Surxondaryo viloyati – 147,3 kishi Sirdaryo viloyati – 218,3 kishi Toshkent viloyati – 206,2 kishi Fargʻona viloyati – 615,7 kishi Xorazm viloyati – 337,1 kishi Toshkent shahri – 6 983,2 kishi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube