Isi
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tiroz bildirdi 22-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yar ekan, yodgorlik ostidagi yozuv faqat ingliz tilida berilganini tanqid qildi. “Bu yerda ingliz tilida yozuv bor, lekin ruschasini ko‘rmadim”, degan Lavrov. Shuningdek, Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, O‘zbekiston—Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube