TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2134

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,510Jumlah tampilan
Diposting26 Apr26/04/2025, 11.55
Isi postingan

Isi

🇸🇱Bayrogʻi bizni bayroqqa oʻxshash - Serra-Leone mamlakati haqida Serra-Leone (Sierra Leone), Serra-Leone Respublikasi — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Axmad Tejan Kabba). Aholisi 2 asosiy etnik guruh: gʻarbiy atlantika va mande til oilalariga boʻlingan xalqlardan iborat. Rasmiy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar aholisi 37%. Serra-Leone — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Mustaqillik kuni (1961). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 21-dekabrda tan olgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube