Isi
10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshgan Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025- oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan. Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi xorijlik talabalar soni: — 2015/2016- oʻquv yili – 0,7 ming nafar; — 2016/2017- oʻquv yili – 0,6 ming nafar; — 2017/2018- oʻquv yili – 1,3 ming nafar; — 2018/2019- oʻquv yili – 2,7 ming nafar; — 2019/2020- oʻquv yili – 3,6 ming nafar; — 2020/2021- oʻquv yili – 4,2 ming nafar; — 2021/2022- oʻquv yili – 5,1 ming nafar; — 2022/2023- oʻquv yili – 5,0 ming nafar; — 2023/2024- oʻquv yili – 10,8 ming nafar; — 2024/2025- oʻquv yili – 12,5 ming nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube