Isi
O‘zbekistonda 2025-yilning 1-choragida 173 nafar shaxs YTH sababli ozodlikdan mahrum qilingan Oliy sud xabariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi (YTH) keltirib chiqargani uchun Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha 891 nafar shaxs sudlangan, ulardan 173 nafari ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yilda esa 3 321 nafar shaxs sudlanib, 917 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 2 404 nafarga esa boshqa jazo choralari qo‘llanilgan. Senat ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda 9 364 ta YTH sodir etilib, 8 901 kishi jarohatlangan, 2 203 kishi halok bo‘lgan. Hodisalarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yo‘l bermasligi, 22,8 foizi tezlikni oshirishi, 3,7 foizi uxlab qolishi, 3,6 foizi svetoforga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan. Shuningdek, avtobuslarni mast holda boshqarish bilan bog‘liq 61 ta holat aniqlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube