TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
“Bizda qonunlar davlat tilida qabul qilinadi” – Senator qonunning rus tilidagi matniga eʼtiroz bildirdi Bugun, 29-aprel kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni ham muhokama qilindi. Qonun yuzasidan Senatning byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi — Erkin Gadoyev maʼruza qildi. Mazkur jarayonda senator Azamat Ziyo qonun faqat davlat tilida yaʼni oʻzbek tilida qabul qilinishi kerakligi haqida ogohlantirish bilan chiqdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube