TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2152

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,910Jumlah tampilan
Diposting30 Apr30/04/2025, 18.35
Isi postingan

Isi

Kattaqoʻrgʻondagi o‘rmon yong‘inida 50 mingdan ortiq daraxt va buta yonib ketdi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 10,5 gektar maydonni qamrab olib, 7,4 gektar yerga jiddiy zarar yetgan. O‘rganishlar davomida 49 580 tup yulg‘un, 116 tup jiyda va 5 tup tol daraxti nobud bo‘lgani aniqlandi. Ushbu hodisa natijasida atrof-muhitga qariyb 1 milliard 884 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutasaddilar voqea joyini o‘rganib, qonun buzilish holatlarini qayd etgan. Xususan, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar talablari buzilgani ma’lum bo‘lib, holat yuzasidan barcha hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube