TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. shaxs Navoiy shahrida yashovchi fuqaroni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 28 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 14 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube