Isi
Samarqandda qancha boʻsh ish oʻrni bor? Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi ma’lumotlari 2025-yil holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida jami 11 355 ta korxonada bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, ular umumiy hisobda 22 546 ta ish joyini tashkil etadi. Soha kesimida eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari quyidagilarga to‘g‘ri kelmoqda: Xizmat ko‘rsatish – 6 244 ta; Ta’lim – 4 022 ta; Qishloq xo‘jaligi (ruxsatdan o‘tgan) – 4 110 ta; Sog‘liqni saqlash – 1 284 ta; Sanoat va ishlab chiqarish – 2 585 ta; Qurilish – 1 992 ta. Eng kam ish o‘rinlari mavjud sohalar: Moliyaviy xizmatlar va sug‘urta – 55 ta; Madaniyat – 201 ta; Aloqa va axborot texnologiyalari – 189 ta. Jami bo‘sh o‘rinlar soni: 22 546 ta. Jami korxonalar soni: 11 355 ta. 🔰Telegram | Instagram | You Tube