TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Dargʻom kanalidan qum qazib olayotganlar javobgarlikka tortildi Samarqand tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari Gulobod MFY hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanali atrofida nazorat reydi o‘tkazdi. Tadbir davomida ushbu hududda yashovchi fuqaro N.B. ogohlantirishlarga qaramay, kanal o‘zanidan qora qum aralashmasini noqonuniy qazib olayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro MJtKning 70-moddasi¹- qismiga asosan 11 250 000 so‘m jarimaga tortildi. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube