Isi
Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Samarqand shahrida Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi "Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modenrizatsiya qilish" loyihasi asosida "Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filialiga qarashli "Mulyon" suv taqsimlash inshootida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 6-may kuni soat 23:00 dan 8-may kuni soat 08:00 gachaSadriddin Ayniy,Termez,Gulobod,Navro‘ziy,Lolazor,Turkiston,Sulaymon Buxoriy,Buyuk Ipak Yoʻli,Narpay,Dam Ariq,Tong,Mirzo Bedil,Ali Qushchi koʻchasi va Sartepo,Madadkor,Dukchiyon,Ahmad Yassaviy,Bekho,Bunyodkor,Furqat,Koʻl, Navbogʻchiyon,Yangi Qo‘rgʻon,Qavola,Bogʻi Safed,Amir Temur,Oʻrikzor,Shodlik mahallalari va shunga tutash hududlarda vaqtinchalik ichimlik suvi to‘xtatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube